Трек очень похож на
- Название Dadajon
- Исполнитель Yulduz Usmonova
- Жанр World
Видео
Текст песни
O'ngdan keldi kalxatlarni ko'rgan tushim
Uchdi-ketdi boshimdagi Xumo qushim
Qolaverdim toshga urib yetim boshim
Ketayotir otam fano karvonida
Diydor qoldi endi mahshar maydonida
Dadajon, kim so'kadi xato qilsam?
Dadajon, kim turadi to'ylar qilsam?
Dadajon, duolarsiz qanday qilay?
Dadajon, kim kutadi uyga borsam?
Endi belim bog'laganda xizmatiga
Guldor-guldor ayvon qurib izzatiga
G'animatim mindi egarsiz otiga
Davlatshohim ketar fano karvonida
Diydor qoldi endi mahshar maydonida
Dadajon, kim so'kadi xato qilsam?
Dadajon, kim turadi to'ylar qilsam?
Dadajon, duolarsiz qanday qilay?
Dadajon, kim kutadi uyga borsam?
Bekasi yo'q bog' ham bir kun cho'lday bo'lar
Egasi yo'q millat bir kun qulday bo'lar
Otasi yo'q hovli qaro yo'lday bo'lar
Omonatim ketar fano karvonida
Diydor qoldi endi mahshar maydonida
Dadajon, kim so'kadi xato qilsam?
Dadajon, kim turadi to'ylar qilsam?
Dadajon, duolarsiz qanday qilay?
Dadajon, kim kutadi uyga borsam?

