Трек очень похож на
- Название Jonim Ey
- Исполнитель Uzmir & Mira
- Жанр Pop
- Год релиза 2021
- ISRC GBLPF6710228
Видео
Текст песни
(UzMir)
Yetadi,
Bir kun hammasi o'tib ketadi.
Qilingan orzular unutilib ketadi.
Ayt sani bu hayot sinoviga tashaganmidim,
Man sani yolg'onlarga ko'mib tashaganmidim.
Boshladik, hayotimiz oromini topamiz,
Yoki hozir hammasini o'z holicha yopamiz.
Yana mani hayolingda o'ylaganing o'ylagan,
Axir o'zing bo'lasan o'tgan ishni kovlagan.
(Mira)
Ishonmasez kelib ko'ring
Holatim qiziq bo'lsa
G'ururizni pesh qiganda
Mard bo'lib bering bo'sa
Peshonamdan ko'rarman
Manga hayotim qiziq
Hammasini yengaman
Oraga tushsa ham chiziq
Jonim ayting nega bir lahzani ravo ko'rmadiz
Ko'nglim olib kelmadiz, gullar olib kelmadiz.
Sog'inardim azizam
Tunda bo'ling hamrohim
Sizdan o'zga yo'q ekan
Faqat o'ziz panohim
(UzMir)
Ey Jonim hayolingdan kimni o'chiray
Kel yana yuragimdan seni ko'chiray
Lablaringga egalik qilarman o'zim
Jonimga tegma seni olishga yetar ko'zim
(Mira)
O'zimni Jonim-ey shartlarizga roziman
Rashk qilaman aybim shu
Man dunyodan roziman
Ha roziman
G'ururiz manga qarshi chiqasayam
Betob bo'lsam yashirarman
Hatto og'riqdayam.
•••
(UzMir)
Yo'lim to'sib, turma yo'limda
Yana yoshlamagin ko'zlaring
Bari ishon meni qo'limda
Yana boshlamagin so'zlaring
G'ururimga bas kelolmayman
Xafa qilib qo'yaman seni
Oramizda buyuk sevgi bor
Buni bilib sevaman seni
(Mira)
Kerak bo'lmasam
Orani och
Ketarsan
Tugar senga ishonch
Qaytib kelmagin
Ketar bo'lsang
Ketarsan
Qolmas menda quvonch
Bo'ldi arazlama sevgilim
Qalbim to'ldirib o'zimga kel
Sen bo'lmasang bu juda yomon
Meni sevib kel o'zimga kel.
(UzMir)
Ey Jonim hayolingdan kimni o'chiray
Kel yana yuragimdan seni ko'chiray
Lablaringga egalik qilarman o'zim
Jonimga tegma seni olishga yetar ko'zim
(Mira)
O'zimni Jonim-ey shartlarizga roziman
Rashk qilaman aybim shu
Man dunyodan roziman
Ha roziman
G'ururiz manga qarshi chiqasayam
Betob bo'lsam yashirarman
Hatto og'riqdayam.

