Трек очень похож на
- Название Boshta Havodur
- Исполнитель Ozodbek Nazarbekov
- Жанр Pop
- Год релиза 2015
- ISRC GBLPF6690148
Видео
Текст песни
Sochiyu qoshiyu ko'zidin boshta havodur,
Ne boshda havo — har birisi boshqa balodur.
Qosh yosi bila ul qora ko'z g'amza o'qini
Ushshoqdin o'zga sorig'a otsa xatodur.
Gar chin desangiz, ko'zi oning ohui Chindur,
Xattini, xato qilmasangiz, mushki Xitodur.
Evrulsam oning boshig'a, topshursam onga jon,
Jonimda havas ulduru boshda bu havodur.
Ishq ichra yoshurg'on yurakim qonini, vahkim,
Bu seli sirishkim bori olamg'a yoyodur.
Bobur desa oyini, ne tong, javru jafoliq —
Kim, husn eli oyini, bale, javru jafodur.

