Трек очень похож на
- Название Onajon
- Исполнитель Qilichbek Madaliyev
- Жанр Pop
- Год релиза 2007
- ISRC GBLPF0062610
Видео
Текст песни
Bolalik qasrida shoxsulton edim,
Oy edim, toy edim, sho'x-shodon edim.
Kecha bag'ringizda erkajon edim
Erkajonni erta quchdimu armon,
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon!
Erkajonni erta quchdimu armon,
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon!
Suyansam kim soya, kim bôlar qoya
Kimda hasad, kimda ezgulik g'oya
Kimda ibrat, kimda pinhon kinoya
Bugun atrofimda yaxshi-yu, yomon
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon!
Bugun atrofimda yaxshi-yu, yomon
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon!
Kimdur yetaklaydi, kimdur ezadi
Qo'lim cho'zmay turib, ko'nglim bezadi
Aqlim yetmaydi-yu, yurak sezadi
Bir yog'im biyobon, bir yog'im bo'ston
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon!
Bir yog'im biyobon, bir yog'im bo'ston
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon!
Bo'yimga qaramang, o'yimga qarang
Alamlar kuylangan kuyimga qarang
Ko'z yoshimdan toshgan soyimga qarang
Uzur bolaligim, uzur qadirdon
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon!
Uzur bolaligim, uzur qadirdon
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon!
Buncha tez ulg'ayib qoldim onajon!

