Текст песни
Bedorlik, qiynamoqda shu tun
Ko'chada qish, Toshkent ko'chalari sovuq
Boraman sen tomonga piyoda
Ovozing eshitmayapman bir haftadan ham ziyoda
Ko'rmaganimga esa bo'ldi bir oy
Nega bu oqshom meni qiynaydi?
Yuragim o'zimga bo'ysinmaydi?
Nega chiroq o'chmaydi xonangda yarim tunda ham?
O'tiraman to'gringda bekatda
Sen turasan yettinchi qavatda
O'zi yuragingda qoldimu oramizda o'sha tuyg'u?
O'tiraman ming xil xayolda
Shahar esa shirin uyquda
Qolib ketdim yolg'iz sovuqda seni deb
Sen esa boshqa yo'nalishda
Bir bora javob bermay menga
Shunchalikka bormoqdasan ayt, kimni deb?
Ko'zlaringni qorasini
Kipriklaring shodasini
Sochlaring har tolasini
Sog'inaman dilim
Sog'inchlarim manzili yo'q (Yo'q, yo'q)
Kutishdan yor yomoni yo'q (Yo'q, yo'q)
Sansiz hayotni keragi yo'q (Yo'q, yo'q)
Ko'zlaringni qorasini
Kipriklaring shodasini
Sochlaring har tolasini
Sog'inaman dilim
Sog'inchlarim manzili yo'q (Yo'q, yo'q)
Kutishdan yor yomoni yo'q (Yo'q, yo'q)
Sansiz hayotni keragi yo'q (Yo'q, yo'q)
Bilmasdim, bir kun kelib sani izlab yuraman deb ko'chada
Uni ustiga yarim kechada bekatlarda
Qo'ng'iroq qilib ertalabgacha,
Lekin hech qachon savol bormas edi javobgacha
Bilmasdim bir kun kelib bo'laman deb tunlarim sarson
Sovuqda sog'lig'imga qilib ziyon
Aziz bo'lgani uchun bir inson
Manga qiyin-u, unga negadur oson
Bunchalar ham yaqin osmon
O-o-o, yettinchi qavatda qolib ketti yuragimni parchasi
Tugaganda hammasi, boqib turadi darchasi
Bunchalar ham yaqin bo'lmasa muhabbatim marrasi
O-o-o, yettinchi qavatda qolib ketti yuragimni parchasi
Tugaganda hammasi, boqib turadi darchasi
Bunchalar ham yaqin bo'lmasa muhabbatim marrasi
Tugadi sevgi daldasi
Ko'zlaringni qorasini (Ah)
Kipriklaring shodasini (Ah)
Sochlaring har tolasini (Ah)
Sog'inaman dilim (Yeah)
Sog'inchlarim manzili yo'q (Yo'q, yo'q)
Kutishdan yor yomoni yo'q (Yo'q, yo'q)
Sansiz hayotni keragi yo'q (Yo'q, yo'q)
(Sansiz hayotni umuman keragi yo'q)
Ko'zlaringni qorasini (Qorasini)
Kipriklaring shodasini (Shodasini)
Sochlaring har tolasini (Tolasini)
Sog'inaman dilim (Yeah)
Sog'inchlarim manzili yo'q (Yo'q, yo'q)
Kutishdan yor yomoni yo'q (Yo'q, yo'q)
Sansiz hayotni keragi yo'q (Yo'q, yo'q)
Sen turasan yettinchi qavatda

