Трек очень похож на
- Название Afsona
- Исполнитель Bonu
- Жанр Pop
- Год релиза 2020
- ISRC RUA1D2123347
Видео
Текст песни
Bor ekanda yo'q ekan
Och ekanda to'q ekan
Qadim o'tkan zamonda
Shahzoda bo'lgan ekan
Malik uchun berarkan
Hatto o'z yuragini
Ammo malika so'rapti undan
O'zining emas ona yuragin
Shunda shahzoda jayron yuragin
Keltirgan emish
Ko'rinma, sen keltirmading
Ona yuragin senga tegmasman
Ko'rinma, sen bajarmading
Meni shartimni, meni sevmassan
Boshi qotkan shahzoda
Ko'p o'ylab, ko'p izlapti
Ammo najot topmayin
O'ldiripti onasin
To'ldiripti qon bilan
O'zi o'skan kulbasin
Qancha-qancha umidvor bo'lipti
Bir tepalikda dast yiqilipti
Shunda yerdagi yotkan yurakka
Til ham bitipti
Jon bolam, turgin o'rningdan
Zarb yemadimi qara o't-bo'tin?
Jon bolam, o'zingni asra
Lat yemadimi qara yuz, ko'zing?
Bilginki, onadan aziz inson yo'q
Yorug' olamda
Ko'rinma, sen keltirmading
Ona yuragin senga tegmasman
Ko'rinma, sen bajarmading
Meni shartimni, meni sevmassan
Jon bolam, turgin o'rningdan
Zarb yemadimi qara o't-bo'tin?
Jon bolam, o'zingni asra
Lat yemadimi qara yuz, ko'zing?

