Трек очень похож на
- Название Bir Kam Dunyo
- Исполнитель Shahzod Feat. Sevara Nazarxon
- Жанр World
Видео
Текст песни
Ko'ngil ufqqa intilar
Cheksiz orzu-umidlar
Yozib hayot asarin
Tangrim bizga tikilar.
Gohida g'am, goh quvonch
Allaqanday tashvishlar
Gohi gumon, goh ishonch
Qalb qafasin to'ldirar.
O'zi.izga ishonib goh kibrga boramiz
Musibat yetgan chog'da zaif titrab qolamiz
Bu hayot dengizida Biz misli bir tomchilar
Har tomchi amalidan Dunyo to'ri to'qilar
Bir kam dunyo
Shod-xurramlik g'am-qayg'u unda birga turar
Bir kam dunyo
Yaxshilik va yomonlik mudom bahsin surar
Bir kam dunyo
Sinovingdan o'tishga har kim madad, najot tilar.
Muhabbat shirin og'u
Ishq quliga aylanar
Bevafoning ahdiga goh qolamiz aldanib
Mashaqqatli bu hayot
Aslida bir muallim
Xom sut emgan bandalar undan olmaymiz ta'lim.
Baxt, boylikka cho'mganda
Yo'qotamiz halovat
Dunyo bir kamligiga hech qilolmaymiz toqat

Najot tilar.