Трек очень похож на
- Название Ikki Daraxt
- Исполнитель Yulduz Usmonova
- Жанр World
Видео
Текст песни
Bog' qo'ynida ikki daraxt
Bir biriga intizor
Sen bir daraxt, men bir daraxt
Yig'lab yig'lab o'tdik yor.
Bog' qo'ynida ikki daraxt
Bir biriga intizor
Sen bir daraxt, men bir daraxt
Yig'lab yig'lab o'tdik yor
Ammo bahor kelganida
Ochilish kerak ekan
Guli meva hazon bo'lib
Sochilish kerak ekan.
Ammo bahor kelganida
Ochilish kerak ekan
Guli meva hazon bo'lib
Sochilish kerak ekan.
Shamollarga dilim yordim
Guli yaproq tilida
Yel kaftida olib kelgan
Har shuviring dilimda, har shiviring dilimda
Yerga bog'lab qo'yilganman
Ildizim yer ostida
Kechalari shovullayman
Boqib bo'yu bastinga
Yerga bog'lab qo'yilganman
Ildizim yer ostida
Kechalari shovullayman
Boqib bo'yu bastinga
Ammo yashash kerak ekan
Ochilmoq kerak ekan
Guli meva hazon to'kib
Sochilmoq kerak ekan, sochilmoq kerak ekan
Bog' qo'ynida ikki daraxt
Bir biriga intizor
Sen bir daraxt, men bir daraxt
O'ksib, o'ksib o'tdik yor
Bog' qo'ynida ikki daraxt
Bir biriga intizor
Sen bir daraxt, men bir daraxt
Yig'lab yig'lab o'tdik yor
Bog' qo'ynida ikki daraxt.

