Трек очень похож на
- Название Anjir Qiz
- Исполнитель Ulug'bek Sobirov
- Жанр World
Видео
Текст песни
Yuzi naqshin olma, qoshlari qunduz,
Yulduzlar safinda yagona yulduz,
Nachun mendan xafa bo'lib yuribsan,
Xayolim faqat senda kecha-kunduz.
Qo'y, qo'y, qo'y qahring, anjir qiz!
Ginang bo'lsin bo'yginama zanjir, qiz!
Bilsang, ko'zim yo'lingda hayron ekan,
Yurak-bag'rim dardingda sarson ekan,
Lablaringning bolindan bir totmoqqa
G'arib ko'nglim ishqingda giryon ekan.
Qo'y, qo'y, qo'y qahring, anjir qiz!
Ginang bo'lsin bo'yginama zanjir, qiz!
Ming gavharlar aro bir la'li qizsan,
Ming qizning ichinda bir balli qizsan.
Xafa bo'lib yurmak senga yarashmas,
Ko'nglinda g'ubor yo'q bir dalli qizsan.
Qo'y, qo'y, qo'y qahring, anjir qiz!
Ginang bo'lsin bo'yginama zanjir, qiz!
Bir ishqivoz og'angman dim o'lgudek,
Tilim ojiz ta'rifingga so'z yo'qdek,
Qo'lga torin olib, qo'ldan kelgancha
Senga atab qo'shiq yozdi Ulug'bek.
Qo'y, qo'y, qo'y qahring, anjir qiz!
Ginang bo'lsin bo'yginama zanjir, qiz!

