Трек очень похож на
- Название O'zbekistonlik
- Исполнитель Konsta
- Жанр Pop
- Альбом O'zbekistonlik - Single
- Год релиза 2023
- ISRC GBLPF6791297
Текст песни
O'zgartirdim o'zimni, atrofim yoqmaganda
Foyda yo'q boshqalarni ayblab, o'zimni oqlagandan
Yillar o'tib o'rgandim, ko'p bilishga, intilishga nimanidir xohlaganda
Qaniydi, menga ham kimdir shu gaplarni aytganda
Endi boshlaganda, 16 yosh bo'ganimda
Ko'zim to'la yosh bo'gandi
Ishon, hali oqlanadi barcha bu yo'qotilgan yillar soni (Konsta)
Sening qoningda – jadidlar qoni
O'zing ham ishonmasang, orzularing ushalmaydi
O'zingga o'zing ishonmasang, hech kim ishonmaydi
Xohlasang ucha olasan, seni hech kim ushlolmaydi
O'zing ko'taril, yulduzlar oldingga tusholmaydi
Bilaman, ahvol og'ir, a men ham o'tganman ko'changdan
Meni ham jonimga tekkan, dimiqib yutganman-ku changdan
Nima ham o'zgaradi? Lekin qamalib o'tirsang uychangda
Men kurashaman oxirigacha, borim tikkanman bu jangda
Kimsan? Qaysi makon, tomon?
O'zing qayerdasan, qayda xonadon?
Ha-ya, hammasi bo'lsa yomon
Dunyoni o'zgartir boshlab shu xonadan
Gapni cheki yo'q, xohlasang shu yerda qol
Bahona bor senga (bahona bor senga)
Lekin yurganniki yo'l, dunyodan haqqingni ol
Bu xona tor senga
Sen yolg'izmassan, orzuying bor seni
Bekorchimassan, o'z mavzuying bor seni
Aniq maqsad va makoning bor seni
Harakat qilsang, olov kabi qoning bor seni
Sen yolg'izmassan, orzuying bor seni
Bekorchimassan, o'z mavzuying bor seni
Aniq maqsad va makoning bor seni
Harakat qilsang, olov kabi qoning bor seni
Qayerda bo'lsamda, musofir yo talaba
Men O'zbekistonlikman, qonimda g'alaba
Bu mening qonimda – har kuni intilish
Sal ko'proq bilishga, ishni yaxshiroq qilish
Bu meni qonimda - yurish, mayli ba'zan qoqilish
Yiqilsa yana turish, o'zimga kelajak qurish
Bu meni qonimda emas – kuni bilan nolish
Kechagi kunda qolish, kurashmasdan tolish
Bu meni qonimda emas – yomonlik saqlab o'ch olish
Xarom haq olish, juda muhim eslab qolish!
Sen yolg'izmassan, orzuying bor seni
Bekorchimassan, o'z mavzuying bor seni
Aniq maqsad va makoning bor seni
Harakat qilsang, olov kabi qoning bor seni
Sen yolg'izmassan, orzuying bor seni
Bekorchimassan, o'z mavzuying bor seni
Aniq maqsad va makoning bor seni
Harakat qilsang, olov kabi qoning bor seni


